Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganning ikki tumanida koronavirusga chalingan bemor qolmadi

Namanganning ikki tumanida koronavirusga chalingan bemor qolmadi

Namangan viloyatida koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 258 nafarga yetdi. Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida bemor qolmadi.

Bugun 14 iyun kuni koronavirus infeksiyasiga chalinib, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlardan 4 nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ularning 1 nafari To‘raqo‘rg‘on tumanidan (1992 yilda tug‘ilgan ayol), 1 nafari Yangiqo‘rg‘on tumanidan (1979 yilda tug‘ilgan erkak) va 2 nafari Uychi tumanidan (1960 va 1968 yilda tug‘ilgan ayollar).

Bugungi kun holatiga Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning barchasi tuzaldi.

Viloyat bo‘yicha bugunga qadar koronavirusga chalingan jami 273 nafar fuqarodan 258 nafari (95 foiz) tuzaldi. 4 kishi vafot etgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida 11 nafar – To‘raqo‘rg‘on tumanidan 3 nafar, Namangan shahridan, Namangan va Pop tumanlaridan 2 nafardan, Chust va Kosonsoy tumanlaridan 1 nafardan – bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring