Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganlik mashhur novvoy 63 yoshida vafot etdi

Namanganlik mashhur novvoy 63 yoshida vafot etdi

Foto: Siddiqovlar oilasi fotoarxividan

Xalq orasida «Dilmurod patir» nomi bilan mashhur bo‘lgan namanganlik Murodjon Siddiqov 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Murodjon Siddiqov novvoylik faoliyatini 18 yoshidan boshlagan. 1992-yili o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida patir bozoriga asos solgan.

«Dilmurod patir» nomi muhrlangan nonlar nafaqat O‘zbekiston, balki Janubiy Koreya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yangi Zelandiya, Turkiya kabi davlatlarda ham brendga aylanib ulgurgan. Ayni paytda bu brend ostida bir kunda 70-80 qop undan yopilgan nonlar sotuvga chiqariladi.

Yaqinda Murodjon Siddiqov ehtiyojmand oilalarga beminnat ko‘rsatgan yordami uchun Prezident farmoni bilan ta’sis etilgan «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring