Namangandagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahridagi poliklinikada fuqaro shifokorni do‘pposlaganligi holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter