Namanganda tug‘ilgan 4 egizakka Abdulloh, Abdurazzoq, Abdurahmon, Abdubosit deya ism berildi

Namanganda biryo‘la to‘rt egizak dunyoga kelgani xabar berilgandi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalarning barchasi sog‘lom.
Ularga Abdulloh, Abdurazzoq, Abdurahmon, Abdubosit deb nom berishdi.
DXA Namangan viloyat boshqarmasiga qarashli 1-sonli FHDYo bo‘limi xodimlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni sayyor tarzda topshirdilar.
Namangan shahar FHDYo bo‘limi mudirasi Nodira Obidinovaning ta’kidlashicha, u 10 yillik faoliyati davomida egizak va uch nafar tug‘ilgan bolalarga guvohnomalar bergan. Ammo, birinchi bor to‘rt bolaga hujjat taqdim etishidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter