Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda suv omboridagi vaziyat o‘rganildi (foto)

Namanganda suv omboridagi vaziyat o‘rganildi (foto)

Foto: FVV

Avvalroq «Yertikan» suv ombori to‘g‘oni ostidan suv jildirab oqib chiqayotgani qayd etilgandi. Holat yuzasidan FVV rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy tumani «Ququnboy» qishlog‘ida joylashgan «Yertikan» suv omborida suv sizib chiqishi (filtratsiya) holati kuzatilgan.

Bu holatni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tegishli tashkilot mas’ul xodimlari bilan birgalikda suv omboriga borib, vaziyat o‘rganilgan. «Yertikan» suv omborining 2 ta yerli joylaridan (5 va 10 litr sekundiga) suv sizib chiqishi 2022-yil 13-iyun kuni soat 19:00 lardan boshlangani, damba (temir beton)ning o‘zi mustahkamligi, aholiga va to‘g‘onga xavf yo‘qligi aniqlangan.

Suv sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida «Kosonsoy» suv omboridan suvni chiqarish to‘xtatilgan, «Yertikan» suv omboridan suvni chiqarish «Kalbuva» va «Musa ariq» kanallari (avariyaviy tashlama) orqali 4 m.kub/sek. gacha oshirilgan (suv omboridan suvning shu hajmda chiqarilishi natijasida sizib chiqayotgan suv (filtratsiya) joylari bartaraf etiladi).

«Hozirda ushbu suv omborida vaziyatni kuzatib borish va ishlarni nazorat qilish maqsadida, viloyat suv omborlardan foydalanish boshqarmasi va tegishli mutaxassislardan iborat kuzatuv posti tashkil etilgan, vaziyat nazorat qilib borilmoqda», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring