Namanganda reklama banneri erkakning ustiga quladi
1-may kuni Namangan shahrida joylashgan reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, yerga tushishi oqibatida bir nafar shaxs (erkak, 1997-y.t.) tan jarohati olgan va joyida xushini yo‘qotgan.
Shundan so‘ng, yon atrofda bo‘lgan fuqarolarning ko‘magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter