Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Lacetti» beton to‘siqqa urildi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Namanganda «Lacetti» beton to‘siqqa urildi. Ikki kishi halok bo‘ldi

2019-yil 3-sentyabr kuni soat 01:30larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli Sh.N.o‘z boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinani To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi «Pungon-Namangan» yo‘lining 69-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, YTH natijasida haydovchi Sh.N. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, «Obod» mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda «Movarounnaxr» mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi Sh.N. va O.A. shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring