Namanganda «Hyundai» avtozavodiga tamal toshi qo‘yildi
17 noyabr kuni Namangan viloyati hokimligida «Hyundai» tijorat avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Koreya delegatsiyasi va respublika vazirliklari hamda viloyat rahbariyati tomonidan ramziy lenta qirqilib, «Hyundai-Namangan KD» yangi zavod poydevoriga belkuraklarda qum tashlab, o‘ziga xos tamal toshi qo‘yildi.
Marosimda koreyalik ishbilarmonlarning kengaytirilgan guruhi hamda Malayziya, Indoneziya, Xitoy Xalq Respublikasi va Tailand Respublikasidan investorlar ham qatnashishdi.
Koreya Respublikasining «Hyundai Motor», «Evergreen Motors» va «Posco-Daewoo corporation» kompaniyalari hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan bu zavod, 2019 yilning sentyabrida ilk mahsulotlarini chiqarishni boshlaydi. Dastlab yiliga 400ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar hamda avtobuslar ishlab chiqariladi. Bosqichma-bosqich bu ko‘rsatkich 2500taga yetkaziladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qismlarni shu yerning o‘zida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Dastlabki bosqichda 150ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Zavod to‘la ishga tushganda, mingdan ziyod ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter