Namanganda daryoda cho‘kayotgan uch kishining ikki nafari qutqarildi, birining jasadi olib chiqildi
![Namanganda daryoda cho‘kayotgan uch kishining ikki nafari qutqarildi, birining jasadi olib chiqildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1302919071.jpg)
2021 yil 11 iyul kuni soat 16:46 lar chamasida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismining qisqa 1050 raqamiga xabar kelib tushgan.
Unda Uychi tuman O‘nxayat mahalla fuqarolar yig‘ini Shodyona ko‘chasi 21-uyda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan R.R ismli hamda yana 2 nafar fuqaro Uychi tuman Qumtepa MFY hududidan oqib o‘tgan Norin daryosida cho‘kib ketganligi to‘g‘risida aytilgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yordamga kelib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, 2 nafar fuqaro mahalliy aholi tomonidan qutqarib olingan.
Olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida R.R ismli fuqaroning jasadi daryoning 2,5 metr chuqurligidan topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter