Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 285 kishi qizamiqqa chalingan, shundan 87 foizi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar – Sanepidqo‘mita

Namanganda 285 kishi qizamiqqa chalingan, shundan 87 foizi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar – Sanepidqo‘mita

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita bu xabarlarga munosat bildirdi.

«Viloyatda qizamik kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni statsionar davolash uchun 340 shifo o‘rin tashkil etilgan, bundan 240 shifo-o‘rni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 100 shifo o‘rni viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohida tashkil etilgan.

Shundan, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 240 o‘rinda 235 ta davolanmokda, 5 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud, Beshkapa bolalar sihatgoxida 100 o‘rinda 2 yoshdan yuqori bemorlardan 20 nafari davolanmokda, 80 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud. ayni paytda viloyatda 85 shifo-o‘rni zaxirasi bor», deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, 285 ta bemordan 62 foizi 1 yoshgacha bolalar, 25 foizi 1-3 yoshdagi bolalar bo‘lib, bayonotda viloyatda diagnostikum, reagent va vaksinalar yetarlik miqdorda zaxirasi yaratilgani ta’kidlangan.

«Viloyatga 9500 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi berilgan bo‘lib, jami 1936 nafar bolalar epidemiologik ko‘rsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Hozirda davolash profilaktika muassasalari emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud.

2023-yil 10 oyi davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan», deyiladi xabarda.

Bildirishicha, 2023-yilning noyabr oyida davlat budjeti hisobidan 3 mln. doza qizamiqqa qarshi vaksinalar xarid qilingan. Ushbu vaksinalar epid ko‘rsatma bo‘yicha emlanadigan qatlam, ma’lum sabablarga ko‘ra emlashdan qolib ketgan bolalar hamda xavf guruhiga kiruvchi, qizamiq kasali bo‘lgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash uchun mo‘ljallangan va ayni vaqtda hududlarga tarqatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring