Namangan yo‘lida 3 ta «MAN» yuk mashinasi yonib ketdi, uch kishi halok bo‘lgan
Bugun, 15-yanvar kuni soat 16:09 da Namangan viloyatining Pop tumani «Qo‘shminor» MFY hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta «MAN» rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
YTH oqibatida yuk avtomobillarida yong‘in kelib chiqqan. Birinchi yuk avtomobili yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazut, ikkinchi avtomobilga ko‘mir, uchinchi avtomobilga bo‘yoq mahsulotlari ortilgan bo‘lgan.
To‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida bo‘lgan 3 kishi halok bo‘lgan.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter