Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi

Bugun Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosari -- Bozorov Otabek Xasanboyevich jamoatchilikka tanishtirildi.

Otabek Bozorov mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yangi o‘rinbosarga mas’uliyatli vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, undan yoshlar bilan samarali ishlash, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish borasida yuqori natijalar kutilayotganini ta’kidladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring