Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmatiga bosh mutaxassis tayinlandi

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmatiga bosh mutaxassis tayinlandi

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati rahbari bo‘lib ishlab kelgan Azizbek Abduvaliyev viloyat hokimligi axborot xizmati bosh mutaxassisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Azizbek Abduvaliyev 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist, siyosatshunos.

Mehnat faoliyati davomida matbuot nashrlari, ta’lim muassasalari, matbaa korxonalarida mas’ul vazifalarda ishlagan. 2001-2007-yillarda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring