Namangan shahrida zamonaviy o‘quv markazi tashkil etildi (foto)
Namangan shahridagi «Bunyodkor» MFYda yangi va zamonaviy tarzda ta’mirlangan, mebel, kompyuter qurilmalari bilan jihozlangan o‘quv markazi tashkil etildi.
Ushbu markazda Bunyodkor mahallasi yoshlari, aholi vakillari bepul asosda IT sohasidagi zamonaviy bilimlarni egallashadi. Birgina, 20 ta kompyuter bilan jihozlangan xonada bir kunda 60 nafar o‘quvchini qamrab olish orqali bir oyda 120 nafar, bir yilda 1320 nafarni yoshlarni boshlang‘ich kompyuter savodxonligini oshirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan dasturlash kurslarida 80 nafar, jami 1400 nafar yoshlarni jalb yetish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan bir qatorda, qo‘shimcha 2 ta ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, Namangan shahri va barcha tumanlarida 12 ta kasb-hunar kollejlari hamda «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasi, IT markazi va Kovorking zona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Birgina Namangan viloyatidan «Bir million dasturchi» loyihasida bugungi kundan 188 ming nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ularning 50 ming nafari bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter