Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu» APL kumush medallarini qo‘lga kiritdi

«MYu» APL kumush medallarini qo‘lga kiritdi

«Manchester Yunayted» klubi kecha APL 31-turi qoldirilgan o‘yinida «Vest Xem» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Manchesterliklar shu tariqa 78 ochkoni rasmiylashtirdilar va mavsum yakuniga bir tur qolganda ikkinchi o‘rinni egalladilar.

Aytish kerakki bu «qizil iblislar»ning so‘nggi besh mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatgichi hisoblanadi. Ular so‘nggi bor 2012/13 yilgi mavsumda chempion bo‘lgan edilar.

Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»ni tark etgandan so‘ng yettinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinni egallagan edi.

 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring