MWCS 2024: Huawei mobil sun’iy intellekt asriga mos 5G-A tijorat tarmoqlari uchun yechimlarni taqdim etmoqda
Huawei kompaniyasi Shanxaydagi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC Shanghai 2024)da ishtirok etmoqda. Kompaniya tadbirlari «Intelektual dunyoni jadallashtirish» («Advancing the Intelligent World») shiori ostida o‘tmoqda.
Shanxayning yangi xalqaro ko‘rgazma zalidagi (SNIEC) Huawei stendi tashrif buyuruvchilarga ham 5G-A tarmoqlarini tijoraviy rivojlantirish uchun yaratilgan eng yangi mahsulotlar va yechimlar, hamda sun’iy intellekt asrida zarur bo‘lgan qurilmalar namoyish etilgan 5G-Advanced tijorat tarmoqlari muvaffaqiyatli ishga tushirilgan misollar bo‘yicha o‘ziga xos tur bilan tanishishni taklif etmoqda.
Huawei kompaniyasi dunyoning turli burchaklarida 5G-A tarmoqlari yetakchi operatorlari bilan oltita alohida muvaffaqiyatli kelishuv haqida e’lon qildi va global operatorlar, sohalar bo‘yicha mijozlar hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda SI asrida yuqori sifatli mobil videoni yaratish bo‘yicha tashabbusni ishga tushirdi. Huawei uch kun davomida global operatorlar va bozorning boshqa sohalari ishtirokchilari F5G-A va Net5.5G‘larni rivojlantirish yo‘llari muhokama etiladigan uchrashuvlarni o‘tkazishi kutilmoqda.
2024 yilda Yaqin Sharq va Xitoyning yetakchi operatorlari 5G-A tarmoqlarini rivojlantirishga kirishdilar, shu bilan birga ularning ayrimlari foydalanuvchi tajribasiga asoslangan 5G-A uchun differensiyalashtirilgan takliflarni ilgari surmoqdalar.
Tadbirning birinchi kunida Huawei boshqaruvi ijrochi direktori va AKT-infratuzilmalari bo‘yicha bo‘linmasi boshqaruvi raisi Devid Van (David Wang) «5G-Ani jadallashtirish va mobil sun’iy intellekt asrini shakllantirish» mavzusida dasturiy nutq bilan chiqish qildi. O‘z nutqida u quyidagilarni ta’kidladi: «Shu oyda Xitoyda 5Gning tijoraviy tartibda ishga tushirilganiga besh yil to‘ladi. Mana shu besh yil davomida 5G tijoraviy tarmoqlari salmoqli yutuqlarga erishish va dunyo mobil industriyasiga mislsiz ta’sir ko‘rsatish imkonini berdi. 5G-A tarmoqlarining tijoraviy tartibda ishga tushirilishi va sun’iy intellektga ega qurilmalarning paydo bo‘lishi sharofati bilan 2024 yil mobil SI boshlangan sana bo‘lib tarixda qoladi. Bu texnologiyalar intellektual xizmatlarning hamma joyda keng ommalashuvi kalitiga aylanadi. Ushbu davr nafaqat «inson-mashina» o‘zaro munosabatini o‘zgartiradi, balki kontent yaratishga, mobil qurilmalarga ham ta’sir ko‘rsatgan holda jamiyatni jonlantiradi hamda mobil industriya uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Biz Huawei da 5G-A ni ham «SI uchun tarmoqlar», ham «SI tarmoqlar uchun» tamoili nuqtai nazaridan jadal rivojlantirishda davom etamiz.
Huawei kompaniyasi intellektual dunyoni shakllantirish uchun mobil SI asri taqdim etayotgan ulkan imkoniyatlardan foydalanish borasida barcha tarmoq hamkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘ladi.
Butun dunyoda 5G foydalanuvchilari soni 1,8 milliarddan oshdi va ko‘plab operatorlar 5G tarmoqlari afzalliklarining birinchi to‘lqinini his etdilar. «New Calling», bulutli telefonlar va «glasses-free 3D» kabi iste’molchilar uchun xizmatlar tarmoqqa nisbatan yanada ko‘proq tezlik va yanada kamroq tutilishlar kabi yuqori talablarni qo‘ymoqda. Sanoat xizmatlari ko‘rsatish borasida RedCap ekotizimi yanada to‘laqonli bo‘ldi, buyumlar passiv Interneti (Passive-IoT) bozorda yanada kengroq segmentni qamrab oldi, avtomobillar Interneti uchun (Internet of Vehicles, IoV) ilovalar esa ishga tushish tezligiga nisbatan tobora talabchanroq bo‘lib bormoqda. Tez orada biz 5G tarmoqlari ishga tushishiga doir tijoraviy afzalliklarning ikkinchi to‘lqinini kuzatamiz, chunki turli ssenariylar bo‘yicha xizmatlar doirasi rivojlanishi va tarmoqning yangi biznes-modellar asosida modernizatsiya qilinishi hisobiga ulanishlar soni 100 milliardgacha ortib boradi.
Butun dunyo bo‘ylab yetakchi operatorlar 5G-A tarmoqlarini ishga tushirishdan ko‘proq manfaat ko‘rishga intilmoqda. 30 dan ziyod operatorlar 5G-A ning texnik verifikatsiyasi jarayonidan o‘tishga ulgurdilar. Ayni vaqtda bozorda bir nechta uzatuvchilar agregatsiyasini qo‘llovchi mobil telefonlarning 20 taga yaqin modeli taklif etilmoqda, shu bilan birga ularning ayrimlari bu funksiyani hech bir ishorasiz faollashtirishi mumkin. O‘nga yaqin operatorlar 5G-A tarmog‘ini rivojlantirishga oid tijoraviy rejalari haqida e’lon qildilar. Yaqin Sharq va Xitoydagi ko‘plab operatorlar yuklash tezligini 5 Gbit/s gacha ta’minlashga intilgan holda uchta uzatuvchini agregatsiya qilish imkoniyati (3CC) bilan ishlovchi 5G-A tarmoqlarini kengaytirishni boshladilar, bundan tashqari, ayrim operatorlar 5G-A ga o‘tish bilan birga mijoz tajribasiga asoslangan monetizatsiyalashning yangi modelini tatbiq etmoqdalar.
2024 yil 5.5G mobil tarmoqlarini tijoraviy qo‘llashning ilk yili bo‘ladi va F 5.5G fiksatsiyalangan gigabit tarmoqlarini keng rivojlantirish jarayoni boshlab beradi. Tarmoqlar, bulut hamda SI o‘rtasidagi sinergiya intellektual ilovalarning hamma joyda keng qo‘llanishiga va yanada turli xil foydalanuvchi tajribasi paydo bo‘lishiga olib keladi. Huawei kompaniyasi global operatorlar, tarmoq professionallari va jamoat fikri yetakchilari bilan birgalikda Shanxaydagi MWC kongressi doirasida ayni kunda dolzarb bo‘lgan, masalan 5.5G asrida 5G tarmoqlari muvaffaqiyatini qanday rivojlantirish va intellektual dunyoga birgalikda qadam qo‘yishda operatorlarning daromadlarni oshirib borish salohiyatidan qanday foydalanish mumkinligi kabi mavzularga e’tiborni jalb etadi.
Aloqa operatorlari, AKT sohasida davlat idoralari va tashkilotlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham MWCS tadbirlarida ishtirok etadi. Shenchjen va Shanxay shaharlarida o‘tadigan China Digital Tour ta’lim turi ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston OTMning 12 nafar talabasi ham Huawei stendida bo‘lib, namoyish etilayotgan innovatsiyalar bilan tanishadilar.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ushbu manzilga o‘ting: https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2024
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter