Muxbir jonli efirda otib tashlandi
Nikaraguada pensiya tizimidagi o‘zgarishlarga qarshi uyushtirilayotgan namoyishlarda qon to‘kilmoqda.
«La Prensa» gazetasi tarqatgan xabarga ko‘ra, Angel Gahona ismli muxbir «Facebook»dagi jonli efir paytida otib tashlangan.
Bu voqea mamlakat janubidagi Blyufiyeldz shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy matbuot muxbirning halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Muxbirga kim o‘q uzgani noma’lumligicha qolmoqda.
Chorshanba kuni boshlangan namoyishlarda 6 kishi halok bo‘lgan. Namoyishchilar 25 kishi qurbon bo‘lganini aytishmoqda.
Bu holat Daniel Ortega hukumati davrida eng ko‘p qurbon berilgan namoyish sifatida baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter