Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»: Gulnora Karimovaning kompaniya aksiyalariga egalik qilgani mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

«Ucell»: Gulnora Karimovaning kompaniya aksiyalariga egalik qilgani mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

«COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) – 100% davlatga tegishli kompaniya. Bu haqda kompaniya bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib, keng muhokama qilindi. Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova go‘yo «Ucell» aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, 2018-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100 % ulushi 215 million dollarga, COSCOM kompaniyasining Telia guruhi oldida bo‘lgan 485 million AQSh dollari atrofidagi qarz majburiyatlari bilan birgalikda sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

Shunday qilib, 2018-yil dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOMni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.

Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy etakchiga aylandi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring