Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar 2023-yilning yozi o‘ta issiq kelishidan ogohlantirmoqda

Mutaxassislar 2023-yilning yozi o‘ta issiq kelishidan ogohlantirmoqda

Foto: Xabar.uz

Meteorologlarga 2023-yil yozi 2022-yilning yozidan ko‘ra issiqroq bo‘ladi.

Buyuk Britaniyaning Met Office ob-havo prognoz markaziga ko‘ra, 2023-yilning aprelidan boshlab, Tinch okeani markaziy qismida 3 yilcha davom etgan «La-Nino» hodisasi o‘rnini «El-Nino» hodisasi egallashi oydinlashmoqda.

Bunda suv massasi harorati o‘rta hisobda 1-3 darajaga isib ketadi. Mazkur isish shimoliy va janubiy yarim sharning tropik mintaqalarida siklonlarni faollishtiradi. Shimoliy yarim sharning subtropik va mo‘’tadil mintaqalarida anomal issiq havo to‘lqini va davomli qurg‘oqchilik xavfi oshadi.

Undan tashqari, Met Office iqlim markazi 2023-yilda o‘rtacha yillik havo harorati iqlimiy me’yordan 1.08 va 1.32 daraja oraliqda yuqori bo‘lishini prognoz qilgan. Agarda, sayyorada yillik havo harorati iqlimiy me’yordan 1.3 va undan yuqori kuzatilishi ro‘y bersa, joriy yil harorati kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ladi.

O‘zbekistonda oxirgi 8 yillikda «El-Nino» hodisasi ta’siri ustun yillarida yoz oylari issiq o‘tgan. Joriy yil ham yoz oylari issiq bo‘lish kutilmalari maksimumga yaqin. Agarda, fevral va mart oylarida tog‘larda mo‘’jizaviy ko‘p yog‘in kuzatilmasa, suv bilan bog‘liq vaziyat ham mintaqada issiq va qurg‘oqchilikni kuchliroq o‘tishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning ilk oyida O‘zbekiston hududida kuchli anomal sovuq kuzatilib, harorat - 25-30 darajagacha tushib ketdi. Shunga yaqinroq sovuq harorat faqatgina 2008- yildagina kuzatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring