Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi o‘n yilda havo harorati rekord darajada ko‘tarildi

So‘nggi o‘n yilda havo harorati rekord darajada ko‘tarildi

Foto: Xabar.uz

BMT Jahon Meteorologiya Tashkilotining e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Yer yuzidagi harorat tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori so‘nggi 800 000 yildagi har qanday vaqtda ko‘proq oshdi. 

 “Yillik hisobot kun sayin iliqlashib borayotgan sayyoraning barcha belgilarini tasvirlaydi: okeanlar harorati rekord darajaga yetmoqda, dengiz sathi ko‘tarilmoqda, muzliklar esa rekord darajada chekinmoqda”, — deya xabar beradi Associated Press. 

“Sayyoramiz tez-tez ortib borayotgan favqulodda signallarni yubormoqda”, — deya BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

BMT Jahon meteorologiya tashkilotining yillik hisoboti global isishga bag‘ishlangan. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi ko‘p jihatdan inson faoliyati: ko‘mir, neft va gazni qayta ishlash bilan bog‘liq. Olimlarning qayd etishicha, 2024 yil 175 yillik kuzatishlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lgan. 

Hisobotda aytilishicha, global isish ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishiga olib keldi va bu aholining 16 yil ichida eng yuqori ko‘chishiga olib keldi. Bundan tashqari, bu oziq-ovqat inqirozi va boshqa iqtisodiy muammolarning kuchayishiga yordam berdi. 

BMTning ta’kidlashicha, xalqaro maqsad sanoat rivojlanishigacha bo‘lgan (1850-1900) haroratni 1,5 darajadan oshmasligi kerak. 2024 yilda bu ko‘rsatkich Selsiy bo‘yicha 1,55 darajadan oshib ketdi. Biroq, hisobotga ko‘ra, ushbu global maqsadga erishish hali ham mumkin. BMT Bosh kotibi bunga erishish uchun davlatlar rahbarlari o‘z hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga erishish uchun birgalikda harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring