Mutaxassis yoshlikni uzaytiruvchi mahsulotlarni bir-bir sanab o‘tdi
Tibbiyot fanlari doktori, Samara diyetologiya va diyetoterapiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mixail Ginzburg yoshlikni uzaytirishga yordam beradigan beshta mahsulotning nomini ma’lum qildi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» xabar berdi.
Ginzburg taomnomaga ko‘k choyni kiritishni tavsiya etadi. Negaki, u qarish jarayonini sekinlashtirib, organizmni yoshartiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har kuni ikki-uch piyola ko‘k choy ichish lozim.
Yoshartiruvchi mahsulotlar ro‘yxatiga, shuningdek, zaytun yog‘i, zig‘ir urug‘i va baliq kiritilgan. Ular to‘yingan yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi kurashadi.
«Ular tomirlarni progressiv aterosklerozdan himoya qiladi», — deya izohlaydi shifokor.
Bundan tashqari, Ginzburg qand ko‘shilmagan achchiq shokolad yeyishni maslahat beradi.
«Qonda glyukoza darajasi oshib ketmasligi uchun qand o‘rniga boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishimiz kerak», — deydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter