Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis yog‘ning eng foydali turini ma’lum qildi

Mutaxassis yog‘ning eng foydali turini ma’lum qildi

Foto: «Shlakov.net»

Diyetolog Inna Kononenko eng foydali yog‘ni aniqladi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi «Beshinchi kanal»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha yog‘lar odatda ikki guruhga bo‘linadi: to‘yingan va yarim to‘yingan yog‘ kislotalari. To‘yingan yog‘larga sariyog‘, kuydirilgan yog‘, kokos yog‘i, yarim to‘yingan yog‘larga esa barcha o‘simlik yog‘lari kiradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, to‘yingan yog‘lar turg‘unroq bo‘ladi, yarim to‘yingan yog‘lar esa kislorod oksidlanishiga duchor bo‘ladi, natijada saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi erkin radikallar yuzaga keladi.

Qovurish uchun mutaxassis to‘yingan yog‘ kislotalarini tanlashni maslahat beradi. Ulardan eng foydalisi kuydirilgan yog‘ hisoblanadi, chunki uning tarkibida vitamin va minerallar bisyor. Bundan tashqari, tarkibida ko‘pgina odamlar organizmi qabul qilmaydigan laktoza va sut oqsillari miqdori kam.

Kononenko o‘simlik yog‘larini faqat salatga qo‘shish uchun ishlatishni tavsiya etadi. Shu bilan birga, u avokado yoki yong‘oq yog‘i kabi ko‘plab foydali yog‘ turlari mavjudligini qo‘shib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring