Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek sporti rivojiga hissa qo‘shgan mutaxassis vafot etdi

O‘zbek sporti rivojiga hissa qo‘shgan mutaxassis vafot etdi

Foto: MOQ

Uzoq yillar davomida mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish yo‘lida xizmat qilgan fidoyilardan biri Roman Itskov vafot etdi.

Roman Isayevich Itskov 1938 yil 23 avgust kuni Ukrainada tug‘ilgan. Keyinchalik O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Jismoniy tarbiya davlat institutini tamomlagach ushbu dargohda uzoq yillar turli lavozimlarda, keyinchalik O‘zSSR Sport qo‘mitasida Olimpiya va Ommaviy sport turlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i, 1997 yildan 2013 yilgacha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tizimida Olimpiya harakatini targ‘ib qilish va sport federatsiyalari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishda samarali mehnat qilib kelgan.

2013-2015 yillar MOQ raisi maslahatchisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston sport delegatsiyasining tarkibida Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Ko‘p yillar davomida o‘zbek sportining rivoji yo‘lida o‘z hissasini qo‘shgan.

Ko‘rsatgan xizmatlari evaziga davlatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i va 2-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring