Mutaxassis: non bir grammga ham semirtirmaydi
Javdar nonini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi, dedi rossiyalik mutaxassis, non mahsulotlari sanoatining ilmiy-tadqiqot instituti direktori Marina Kostyuchenko «Moskva» yangiliklar agentligiga bergan intervyusida.
Ekspert non yeyish semirishga olib keladi degan da’voni inkor etmoqda.
«Nonushtaga bir to‘g‘ram qora yoki javdar nonini yeyish orqali kilogramm u yoqda tursin, hatto bir grammga ham semirmaysiz. Uning ozuqaviy qiymati past, buxanka non tarkibida 250-500 kilokaloriya bor», — deya izohladi u.
Kostyuchenkoning so‘zlariga ko‘ra, javdar nonida kletchatka miqdori meva-sabzavotlarga qaraganda ko‘proq. Uning aytishicha, javdar oqsili aminokislota tarkibiga boyroq.
«Bunday mahsulotlarni doimiy iste’mol qilish sog‘likni saqlashga, yurak-qon tomir va boshqa kasalliklarning oldini olishga yordam beradi», — dedi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter