Mutaxassis koronavirusning asosiy xavfi bo‘yicha savolga javob qaytardi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova aholidan tushgan savollarga javob berdi.
Koronovirusning asosiy xavfi nimada? Nima uchun bu kasallikka butun dunyo ahamiyat bermoqda?
Kornovirus infeksiyasi o‘ta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv.
Virus o‘pka nafas tizimini zararlaydi va o‘tkir respirator distress sindromini rivojlantiruvchi pnevmoniyani chaqiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘tkir nafas yetishmovchiligining og‘ir turiga olib keladi va o‘lim bilan ham yakunlanishi mumkin.
Dunyo bo‘ylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni tezlik bilan ortib bormoqda. Xozirgi kunda dunyo bo‘ylab koronovirusdan 1 mln dan ko‘p bemorlar vafot etdilar va kasallar soni 35 mln dan ortdi. Shuning uchun butun dunyo bu kasallikka katta ahamiyat bermoqda.
Koronovirusni davolashda imbirni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi?
Imbir - zanjabil ilmiy tibbiyotda keng ishlatiladi. Zanjabilning juda ko‘p foydali xususiyatlari bo‘lganligi sababli nafaqat maza berish, balki davolovchi oziqa sifatida ham ishlatiladi.
Zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar: alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud. Uning ta’sir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi.
Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.
Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Lekin uni ham me’yorida iste’mol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Zanjabil koronovirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o‘zi monoterapiya sifatida yordam bermaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter