Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasi: «Ovoz kuchaytirgichda azon aytish to‘xtatilgani haqidagi xabar bo‘hton...»

Musulmonlar idorasi: «Ovoz kuchaytirgichda azon aytish to‘xtatilgani haqidagi xabar bo‘hton...»

Foto:«Sof.uz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Musulmonlar idorasi tavsiyasi bilan ovoz kuchaytirgichda azon aytish to‘xtatildi», degan sarlavha bilan boshlangan xabar tarqaldi. 

Ushbu xabarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raddiya bilan chiqdi. 

«Go‘yoki Namangan shahridagi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytish to‘xtatilgani iddao qilingan. Ushbu bo‘hton ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu voqeaning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida, Namangan viloyati vakilligi mutaxassislari bilan bog‘landi. Ushbu viloyat vakilligi mas’ul xodimlari va mazkur hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari Namangan shahridagi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytish to‘xtatilgani haqidagi xabar mutlaqo yolg‘on hamda asossiz ekanini qat’iy ta’kidladilar.

Alloh taoloning izni ila diyorimiz masjidlarida mo‘min-musulmonlarni namozga chorlovchi azon sadolari bundan buyon ham yangrayveradi. Buning isboti sifatida mamlakatimizning barcha hududlaridagi masjidlarda musulmonlarimizni namozga chorlayotgan, shu jumladan kuchaytirichlar orqali aytilayotgan azon sadolari dalil bo‘ladi» deyiladi diniy idora bayonotida.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi «yurtimiz masjidlarida azon sadolari bardavom bo‘lishini ta’kidlagan holda Islom dini qadriyatlari, ulamolar va Diniy idora sha’niga nisbatan aytilgan har qanday asossiz gaplarga nisbatan doimo murosasiz ekanini ma’lum qilgan». 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring