Mushukni itlarga talatgan shaxs ushlandi
Navoiy shahrida mushukni itlarga qasddan talatgan shaxs qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, holat 1 iyun kuni sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, Xatirchi tumanida tug‘ilgan 27 yoshli M.N. o‘zining dala hovlisida joriy yilning 1 iyun kuni daydi mushuklarni ushlab kelib, o‘zining zotdor itlariga qasddan talatib, uni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Ushbu harakatlari orqali fuqaro M.N. MJT.ning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) va 189-1-moddasida (Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash va tarqatish) ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan.
Eslatib o‘tamiz, «Mehr va oqibat» jamiyatiga Navoiyda mushuklarga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabar kelib tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter