Mushukka shafqatsizlik qilgan bolaning ota-onasiga chora ko‘rildi
Ijtimoy tarmoqlarda tarqalgan yosh bolaning mushukka nisbatan shafqatsizlik qilgani aks yetgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan.
9 sentyabr kuni 2009 yilda tug‘ilgan M.J. Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida mushukni ko‘tarib yerga otganligi holati shu atrofdagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Mazkur holat Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan maktab mutasaddilari, mahalla faollari, bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama qilindi. Hayvonlarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish kerakligi, ularga ozor bermaslik, shafqatsizlik qilmaslik bo‘yicha voyaga yetmaganlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi tushuntirildi, deyiladi IIBB xabarida.
M.J.ning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi («Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik») bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Mazkur holat to‘g‘risidagi xabar tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter