Murod Xonto‘rayev uchinchi marta pichoqlandi
![Murod Xonto‘rayev uchinchi marta pichoqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_330785281.jpg)
Aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi, o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayevga yana pichoq orqali hujum qilishgan. Bu haqda «GoSport.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Xonto‘rayev o‘zining yaqinlaridan biri bilan gap talashib qolgan. Natijada mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Murod Xonto‘rayevga pichoq bilan hujum qilgan.
Xonto‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam bir guruh jinoyatchilar Murod Xonto‘rayev ishlaydigan do‘konga kelib, unga va sheriklariga pichoq bilan hujum uyushtirgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.
Avvalroq esa uni tungi klubda pichoqlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter