Murod Xonto‘rayevning o‘limida aybdor topildi
Murod Xonto‘rayev vafot etgan avtohalokat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi harakatdan tugatildi. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
2021 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 33 yoshida mudhish avtohalokat sabab vafot etgan edi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi Murod Xonto‘rayev YTH oqibatida vafot etgani, u bilan birga bo‘lgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga o‘rtacha, og‘ir jarohat yetmagani hamda o‘lim holati kuzatilmagani sababli sportchining o‘zi aybdor deb topildi. Ayblilik masalasi bo‘yicha Murod Xonto‘rayev Yo‘l harakati qoidalarining 3, 4, 73, 77 hamda 79-bandlarini buzgan.
Xonto‘rayevning o‘zi avtohalokat natijasida vafot etgani tufayli va ishda jinoyat tarkibiy elementlari mavjud bo‘lmagani inobatga olinib, olib borilgan dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Murod Xonto‘rayev vafoti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2021 yilning 30 sentyabr kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
YTH ishtirokchisi bo‘lgan Gentra rusumli avtomobiliga yetkazilgan zarar Xonto‘rayevning BMW mashinasi sug‘urtasidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada, «BMW X5» rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Murod Xonto‘rayev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi Jasur Anorboyev tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter