Munisa Rizayeva jarimaga tortildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Munisa Rizayeva ko‘chada va fuqarolar bilan uchrashgan davrida niqobsiz ekani to‘g‘risidagi video tasvirga tushirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi savollar:
«Jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda ekan, xo‘sh, Munisaga ham ish ochiladimi?»
«Munisa nega niqob taqmagan? Nega uni hech kim niqob taqish kerakligi haqida jiddiy ogohlantirmadi? Bu qaror Munisaga tegishlimasmi? Yoki Munisaga o‘xshashlarning barigami?
Madaniyat vaziri yuqoridagilarni inobatga olgan holda, zudlik bilan xonandaga nisbatan qattiq ogohlantirish berdi. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda Davlat rahbari va Hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan zaruriy choralar O‘zbekistondagi barcha fuqarolarga tegishli ekanini ta’kidladi.
Munisa Rizayeva qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortildi va o‘z navbatida yuzaga kelgan holatni izohlab, qayta takrorlanmasligiga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter