Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda muhandis qo‘lga tushdi

Andijonda muhandis qo‘lga tushdi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi» muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring