Toshkentda vaqtinchalik harbiy dala oshxonalari tashkil etildi
Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur punktlarda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.
Harbiy dala oshxonalari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:
- Mirzo Ulug‘bek tumani – «Alisherobod» va «Olimlar mahallasi» (90-074-63-66, 91-773-02-42);
- Mirobod tumani – «Birodarlik» va «Parvona» mahallalari (88-548-19-74, 97-293-80-30);
- Yakkasaroy tumani – «Bobur» va «Boshliq» mahallalari(99-817-79-56, 99-837-79-56);
- Olmazor tumani – «Quyosh» va «Shodiyona» mahallalari
(97-759-91-77, 97-749-92-46); - Yangihayot tumani – «Navqiron» mahallasi (77-019-22-19);
- Uchtepa tumani – «Ko‘hnacho‘ponota» va «Vatan» mahallalari
(00-244-42-29, 88-244-42-29); - Chilonzor tumani – «Sharaf» mahallasi (97-484-92-73);
- Yashnobod tumani – «Jarboshi» va «Shironobol» mahallalari
(99-494-95-14, 97-034-00-52); - Yunusobod tumani – «Otchopar I» va «Posira» mahallalari
(97-463-08-75); - Shayxontohur tumani – «Yangibel» mahallasi (97-345-09-82);
- Sergetli tumani – «Xonobod» va «Sadoqat» mahallari
(99-052-66-83, 99-324-73-06).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter