Mudhish rekord. Yaponiyada koronavirus tashuvchilari soni keskin ko‘paymoqda
Chorshanba kuni Yaponiyada bir kecha-kunduzda aniqlangan yangi COVID-19 holatlari soni pandemiya boshlangandan buyon birinchi marta ming kishidan oshdi, deya xabar berdi «NHK» telekanali.
Koronavirusni yuqtirgan odamlar sonining keskin ko‘payishi mazkur mamlakatda COVID-19ga test o‘tkazilishi jadallashgani bilan izohlanmoqda.
«NHK» ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda Tokioda 250, Osakada 221, butun mamlakat bo‘yicha esa 1051 nafar virus tashuvchisi aniqlangan.
Virus tarqala boshlagandan beri Yaponiyada umumiy kasallanganlar soni 34 ming kishidan oshgan, 1016 nafari vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter