Muborakda Milliy gvardiyaga ishga kiritishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Muborak tumanida fuqaroni 4 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Muborak tumani bo‘limlari tomonidan harbiy prokuratura va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSh dollari so‘rab, shundan 1 400 AQSh dollarini olib, qolgan 8,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter