Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborak tumani IIB faoliyati jiddiy elakdan o‘tkazildi: jinoyatlarni yashirish holatlari bor

Muborak tumani IIB faoliyati jiddiy elakdan o‘tkazildi: jinoyatlarni yashirish holatlari bor

foto: xabar.uz

Qashqardaryo viloyati prokuraturasi Muborak tumani IIB boshlig‘i qo‘lga olinganini rasman tasdiqladi.

Shuningdek, tuman IIB faoliyati o‘rganilganda qator kamchiliklar aniqlanganini ham ochiqladi. Unga ko‘ra, tuman IIBning tergovga qadar tekshirish, dastlabki tergov va jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha faoliyatida bir qator kamchiliklar, xususan, o‘g‘irlik, bezorilik, talonchilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari aniqlangan.

Viloyat prokuraturasi o‘z bayonotida ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tuman IIB xodimlarining go‘yoki bo‘lim faoliyati tekshirilishidan noroziligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, buni jinoyatlarni yashirishga bevosida dahldorligi aniqlangan shaxslarning «...jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali aholini chalg‘itishga» qilingan harakat deb baholagan. Prokuraturaga ko‘ra, «....hisobdan yashirilgan 3 ta o‘g‘rilik, 3 ta bezorilik, 1 ta talonchilik va 1 ta firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan».

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring