Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadan Goaga uchgan samolyot bomba tahdidi sabab O‘zbekistonga qo‘ndirildi

Moskvadan Goaga uchgan samolyot bomba tahdidi sabab O‘zbekistonga qo‘ndirildi

Bugun, 21-yanvar kuni soat mahalliy vaqt bilan 4:00 larda Moskvadan Goaga uchayotgan Azur Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bomba tahdidi tufayli O‘zbekistonga qo‘ndirildi. Bu haqda Hindiston fuqaro aviatsiyasi vazirligiga tayanib Times of India nashri ma’lum qildi.

«Dabolim aeroporti direktorining ofisiga soat 12.30 da samolyotga bomba o‘rnatilgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng (AZV2463) reys O‘zbekistonga yo‘naltirildi. Samolyot Hindiston havo hududiga kirgunga qadar boshqa tomonga burilgan. U soat 4:30 atrofida O‘zbekiston aeroportiga qo‘ndi», – deydi Goa politsiyasining yuqori martabali vakili.

Uning aytishicha, bortida 240 ga yaqin odam bo‘lgan mazkur samolyot Janubiy Goadagi Dabolim aeroportiga ertalab soat 4:15 da qo‘nishi kerak edi.

Bu bir oyi ichidagi ikkinchi shunday holat bo‘lib, 9-yanvar kuni Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasining Moskva-Goa yo‘nalishida ham 244 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bilan parvoz qilayotgan samolyoti bortidagi yolg‘on bomba xabari tufayli Hindistonning Gujarat shtatida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan edi. Biroq ko‘p soatlik tekshiruvlar davomida portlovchi moddalar yoki shubhali narsalar topilmagan. 10 yanvar kuni esa samolyot Goa shtatiga uchib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring