Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi migrantlar mojarosi bo‘yicha bayonot berildi

Moskvadagi migrantlar mojarosi bo‘yicha bayonot berildi

Foto: TASS

Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mojaro yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida turli ommaviy mojarolarga jalb qilish yoki ishtirok etish holatlari tez -tez uchramoqda.

2021 yil 18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahri Strogino hududidagi Tvardovskiy ko‘chasida mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan otishma bilan bog‘liq yana bir ziddiyatni ko‘rsatuvchi video materiallar tarqatildi. Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ma’lum qilishicha, ushbu mojaroda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.

Shuningdek, elchixona ushbu davlatdagi yurtdoshlarimizdan mamlakatda bo‘lish qoidalariga rioya qilish, ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli provokatsiyalarga berilmaslikni so‘ragan. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining ogohlantirishicha, zo‘ravonlik harakatlariga undash va ruxsat etilmagan ommaviy harakatlar, mitinglar yoki janjallarda qatnashganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladi, so‘ngra deportatsiya qilinadi va qayta kirishga ruxsat etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring