Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada tipratikanlar kafesi ochildi (foto)

Moskvada tipratikanlar kafesi ochildi (foto)

Rossiya poytaxti Moskva shahrida mijozlarning tomosha qilishlari uchun tipratikanlar kafesi ochildi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».

Taym-kafe (antikafe deb ham ataladi) turiga kiruvchi ushbu kafeda yeyilgan taom uchun emas, u yerda o‘tkazilgan vaqt uchun pul to‘lanadi. Tipratikanlarni tomosha qilish va silab qo‘yishni istasangiz, kunduzi bir daqiqa uchun 4 rubl, kechki payt hamda dam olish kunlari esa 8 rubl to‘lash lozim.

«Yejeminutka» nomini olgan bu kafe ochilishi bilan mijozlar soni ortib ketdi. Uning nomi daqiqalarga bog‘liq bo‘lib, shuningdek, «yej» yoki «yoj», ya’ni tipratikan so‘zidan ham olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring