Moskvada Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmaydi
Pandemiya tufayli Moskvada Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmaydi. Shahar masjidlari namozxonlar uchun yopiq bo‘ladi, deb qaror qildi Rossiya Musulmonlari Diniy boshqarmasi ulamolar kengashi.
«Moskvada bayram namozi faqat bosh masjidda imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladi. Boshqa masjidlarda, shuningdek, musulmonlarning mahalliy diniy tashkilotlarida bayram namozi o‘qish tavsiya qilinmaydi. Barcha musulmonlar bayramni o‘z uylarida o‘tkazishlari tavsiya qilinadi» — deyiladi muftiyat xabarida.
Musulmonlar idorasi tarkibiga kiruvchi musulmonlarning hududiy ma’naviy idoralari hayit namozini o‘qish tartibini joylarda epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda o‘zlari hal qiladilar.
2021-yilda Qurbon hayiti 20 iyulda nishonlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda ham koronavirus tufayli Moskvadagi masjidlarda jamoat namozlarini o‘qishga ruhsat berilmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter