Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml osmonida dron uchirgan sayyoh qo‘lga olindi

Kreml osmonida dron uchirgan sayyoh qo‘lga olindi

Moskva shahrida Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan Chilidan kelgan sayyoh qo‘lga olindi. U Kreml ustida dron uchirishda ayblanmoqda.

Xabar qilinishicha, 40 yoshli sayyoh kecha, 29 fevralda turist vizasi bilan Moskvaga kelgan. U Kremlning tasvirini yuqoridan olmoqchi bo‘lgani uchun qo‘lga olindi.

2015 yilning sentyabrida ham Germaniyadan kelgan ikki sayyoh qo‘lga olingan edi. Ular Kreml minoralaridan birining tasvirini olib, internetga joylamoqchi bo‘lgan.

Xorijliklar qo‘lga olingandan so‘ng ularga nisbatan «Havo kengliklaridan foydalanish qoidalarini buzish» moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring