Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

Foto: «Sputnik»

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, birinchi prezident rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.

Rossiya tomonidan Kengash Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi «Polyanka» metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. Monumentda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring