Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada 2 o‘zbek yong‘inda halok bo‘ldi

Moskvada 2 o‘zbek yong‘inda halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi ko‘p qavatli uylarning birida chiqqan yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, ularning 2 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon egasi Yevgeniya Filatova olovi o‘chirilmagan tamaki bilan uxlab qolgan va natijada yong‘in chiqqan. Uy egasi olovdan qochish uchun 4-qavatdan o‘zini tashlagan va olgan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

2 nafar o‘zbekistonlik esa yong‘indan qochish maqsadida liftga chiqqan va qamalib qolgan. O‘sha yerda tutundan dimiqib jon berishgan. Ularning shaxsi aniqlangan: 46 yoshli Ilxan Mahmudov va 35 yoshli Elyor Abdug‘aporovich.

Ayni paytda ularning jasadini repatriatsiya (vatanga qaytarish) qilish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring