MOQ mukofot jamg‘armasi 100 000 000 so‘mlik tanlov e’lon qildi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sohaga oid qator Vazirlik va idoralar bilan birgalikda havaskor va professional dizaynerlarga milliy ramzlarimiz uyg‘unlashgan sport ekipirovkalarining eskizi bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Professional va havaskor dizaynerlar uchun e’lon qilingan tanlovdan maqsad — kelasi yil Tokio Olimpiadasida mamlakatimiz vakillarining o‘ziga xos dizayndagi kiyimlarda, sport ekipirovkalarida ishtirok etishini ta’minlash.
Tanlovda istalgan inson o‘z ijodiga mansub chizmalarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishi mumkin.
Tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan jami 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shundan:
- Sport ekipirovkalari dizayni uchun 60 000 000 (oltmish million) so‘m;
- Olimpiada ochilish va yopilish marosimlariga rasmiy liboslar dizayni uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
- Tokioda sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlovchi ishqibozlarga atalgan sport kiyimlari dizayni uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m.
Tanlov 1 sentyabrga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter