Montana shtatini Kanadaga sotib yuborish taklifi berildi
AQShda davlat qarzini kamaytirish uchun Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotish taklifi berildi. Bu haqda «New York Post» yozmoqda.
Yan Hammondning Montanani sotish taklifi «haddan ziyod e’tiborni tortmoqda», deyiladi nashr xabarida.
«Qarzimiz juda katta, Montanadan naf yo‘q. Shunchaki ularga ayting, bu yerda qunduzlar va shunga o‘xshagan narsalardan boshqa hech narsa yo‘q», — petitsiya sahifasida shunday jumlalarni uchratasiz.
Qizig‘i, ushbu hujjat 12 mingdan ortiq imzo to‘pladi.
Shtat hukumati bundan rosmanasiga tashvishga tushib qoldi va Montana shtatini sotishni taqiqlovchi qonunni ishlab chiqishga kirishdi.
Montana shtati
Markazi — Helena
Hududi — 381,1 ming kv. km.
Aholisi — 1,05 mln. kishi
AQShning davlat qarzi juda katta — 22,01 trln. dollar. Buni uzish uchun 22 ta «montana» kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter