Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ford» va «Alibaba» avtomobillar savdosiga mo‘ljallangan avtomatni ishga tushirdi

«Ford» va «Alibaba» avtomobillar savdosiga mo‘ljallangan avtomatni ishga tushirdi

Foto: «Hi-News»

Xitoyning «Alibaba» kompaniyasi «Ford» avtomobil konserni bilan birgalikda avtomobillarni avtomat ravishda sotishni yo‘lga qo‘yish ustida 2016-yilda ish boshlagandi. 2017-yilning dekabrida tarmoqlarda o‘lchami ko‘p qavatli uydek keladigan mazkur noodatiy qurilmaning ilk suratlari paydo bo‘lgandi. Nihoyat «Super Test-Drive Center» nomini olgan ilk avtomat o‘z ishini boshladi, deb xabar berdi «Hi-News».

Ushbu avtomat yordamida avtomobil xarid qilish juda oson: bunda maxsus terminaldan yoki internet tarmog‘ida bepul yuklab olsa bo‘ladigan mobil dasturdan foydalanish mumkin. Avtomobilni nafaqat sotib olish, balki uch kun davomida sinovdan o‘tkazish imkoniyati ham bor. Agarda avtomobil xaridorga ma’qul kelsa, sotib oladi, aks holda uni qaytarib beradi.

Avtomobillar savdosining bu kabi usuli XX asrning boshlarida taqdim etilgan. Hatto Carvana kompaniyasi AQSh hududida uni amalga ham sinab ko‘rgan. Shuningdek, shu turdagi avtomatlar Singapurda ham faoliyat ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring