Moliya vaziri o‘rinbosari tamaki bozorini tartibga soladi
Hukumat qarori bilan Dilshod Shuxratovich Sultanovga Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining boshlig‘i vazifasini bajarish ham yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, D. Sultanov ayni vaqtda Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter