Moldovada pensiya yoshi pasaytirildi

Moldova parlamenti mamlakatda pensiya yoshini pasaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni tasdiqladi, deya xabar berdi «Noi.md».
Aniqlik kiritilishicha, 2016-yilgi islohot natijalarini bekor qiluvchi ushbu hujjat ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshini kamaytiradi. Ayniqsa, ayollar uchun imtiyozlar alohida tahsinga loyiq.
Demak, Moldovada pensiyaga chiqish yoshi ayollar uchun 63 yoshdan — 57 yoshga pasaytirildi, erkaklar uchun esa 63 yoshdan — 62 yoshga. Besh nafar va undan ortiq farzandlarni dunyoga keltirgan va parvarish qilgan ayollar esa 54 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkinligi qonunan mustahkamlab qo‘yildi.
Qonun 2021-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter