Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Foto: TIV matbuot xizmati.

25-avgust kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Dorj Bayarxuuni qabul qildi.

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv elchining V.Norovga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlandi. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tomonlarning o‘zaro tayyorligi ta’kidlandi. O‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirish va TIVlararo maslahatlashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring