Mo‘g‘uliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Bugun, 23-iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Bolorsetseg Luvsandorj hamrohligida O‘zbektistonga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan kelgan Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonda 23-26 iyun kunlari bo‘ladi.
Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Mo‘g‘uliston Prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter